Hamma narsa ham sen o'ylagandek bo'lavermaydi yohud dasturlashni o'rganishni boshlaganlar chetlab o'tishi kerak bo'lgan xatolar

Ushbu maqolada o'zimni kichik tajribamdagi katta xatolarim xaqida yozdim

·

2 min read

(Disclaimer, Maqola cho'zilib ketish ehtimoli bor)

Juda ko'pchilik o'z hayotida turli xil xatolar qiladi, ushbu xatolardan to'g'ri xulosa chiqarganlar ko'p xolatlarda bu xatoni qaytarishmaydi lekin baxtga qarshi ba'zida hamma narsa ham biz o'ylagandek bo'lavermas ekan. Masalan, bilasiz internetda dasturlash sohasiga qanday kirish, qanday sohani tanlash yoki qanday texnologiyani o'rganish va xattoki qanday xatolar qilmaslik xaqidagi maqolalar yanada ko'paymoqda. Turli mavzudagi maqolalar va turli xil fikrlarni o'qishga qiziqishim sabab men ham shunday maqolalarni bir nechtasini o'qiganman va xozirgacha o'qib kelaman, endi sohaga kirayotganimda qanday xatolarni qilmaslik xaqidagi qaysidir maqolaga e'tibor qaratib, men bunday xatolarni chetlab o'tishim kerak degandim lekin men ham o'sha xatolarni bir nechtasini boshdan o'tkazdim va asorati hali tarqamadi. Xo'sh, qanday qilib oqibatini bilib turib men ham o'sha xatolarni qaytardim?. Xozir shu hammasini boshidan gaplashamiz, kettik...)

Qisqa Reja:

  1. Ijtimoiy tarmoqlarda faollikni kamaytiring!
  2. Shoxdan shoxga sakramang!
  3. Dangasalikni yig'ishtiring, tizimli hayot tarziga amal qiling!
  4. Yoki sizga yoqmaydi yoki siz yoqmaysiz!
  5. Doim o'rganishda bo'ling!

Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikdan saqlaning

Men dasturlashni o'rganishni boshlaganimdan keyin internetda muntazam foydalanadigan bo'lganman shu bilan birga ijtimoiy tarmoqdagi faolligim ham ancha ortgan buni orqasidan albatta o'qishimga va o'rganishimga bo'lgan fokusimni tushurib yuborganman buni orqasidan juda yaxshi o'rganish boshlangan o'qishimda ham pasayish bo'lgan, bu narsa ko'pchilik dasturchi yoki boshqa deyarli barcha soha vakillarida uchraydigan "kasallik"lardan biri deb o'ylayman, ijtimoiy tarmoqda keragidan ortiq faollik focusni yo'qotishdan tashqari ishtiyoqni susaytirib yuborishi mumkin, man haliyam o'zimdagi ijtimoiy tarmoq qaramligidan chiqib qutulganimcha yo'q lekin ancha xarakat qilyapman chiqishga.

Karyerangiz boshida texnologiya o'zgartirmang!

Ko'pchilik dasturchilar (xususan men ham) karyerasining boshida bitta texnologiyani chuqur o'rganmasdan turib boshqa ko'ziga chiroyli ko'ringan texnologiyani o'rganishga kirishib ketadi, bu ko'p xollarda ustoz/mentorsiz o'zi *YouTube'dan o'rganyotganlarda kuzatiladi bu o'z o'zidan samaradorlikni tushurib yuborishi va kamiga sohada xaligacha natija keltira olmagani uchun o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotib qo'yishi mumkin, bu albatta xavas qilarli xolat emas. Yuqorida aytganimdek men ham bu xatoni bosib o'tganman, ustozim bo'lishi va bu xatoni qaytarmasligim kerakligini aytgan bo'lsalar ham. Men o'zim hali yaxshi o'rganishim kerak bo'lgan texnologiyani qo'yib boshqa ko'zimga chiroyli ko'ringan texnologiya o'tib ketganman va u texnologiyani ham o'zim biladigan texnologiya "yo'qotib" qo'yganman. Xozirda Na unisida va Na bunisida faoliyat olib boraman. Xulosa o'rnida bilingki bir texnologiyani yaxshi bilmay turib boshqa texnologiyaga sakrash bu ko'p takrorlanadigan va ko'p zarar keltiradigan xatolar sirasiga kiradi.

Dasturchi odam dangasa bo'ladi yohud dangasa bo'lmang!

Dasturchi kim? qaysidir muammoga yechim topadigan inson.